Skip to main content

Oʻzbek sovet ensiklopediyasi Mundarija Jildlar Tarixi Tuzilishi Qamrovi Tanqidi OʻzSE va OʻzME Manbalar Havolalar NavigatsiyatOʻzSEOʻzbek sovet ensiklopediyasi Katta sovet ensiklopediyasida

Yaxshi maqolalarEnsiklopediyalarOʻzbekcha ensiklopediyalarEnsiklopedik kitoblar


Oʻzbekiston SSRdaensiklopediyaoʻzbek tilidakirill yozuvidaOʻzbekiston„Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“dagiOʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasifalsafaIbrohim MoʻminovmuharrirlikKomiljon ZufarovkommunistikijtimoiytabiiyOʻzSSR Fanlar akademiyasiOʻzbekiston Kommunistik PartiyasiOʻzSSR Ministrlar SovetiUlugʻ Oktabr sotsialistik revolutsiasininglugʻatlarOʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasifalsafaIbrohim Moʻminovich MoʻminovmuharrirlikKomiljon Ahmadjonovich Zufarovrus tilidaalifbourgʻuunli tovushlargabirlik sondakoʻplik sondaetimologiyasilotinchaqavsshaxsiyatlarfamiliyasiABDULLAYEV Habib MuhamedovichtaxallusiismiALISHER NAVOIYarab raqamlariyilkunoyshriftdaxaritalar„Katta sovet ensiklopediyasi“danOʻzbeklarOʻzbekiston SSRSSSR Fanlar akademiyasikommunistikAhmad YassaviysufiyAbdurauf FitratChoʻlponmillatchilikpanturkizmdaGlasnostmarksistijtimoiytabiiySSRIOʻzbekiston SSR„Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“dagiqoʻshimchalarqisqartmalaratamalarNigeriyadagiAbadiod










(function()var node=document.getElementById("mw-dismissablenotice-anonplace");if(node)node.outerHTML="u003Cdiv class="mw-dismissable-notice"u003Eu003Cdiv class="mw-dismissable-notice-close"u003E[u003Ca tabindex="0" role="button"u003Eyashirishu003C/au003E]u003C/divu003Eu003Cdiv class="mw-dismissable-notice-body"u003Eu003Cdiv id="localNotice" lang="uz" dir="ltr"u003Eu003Cdiv style="margin:10px 0; border:0; box-shadow: 0 1px 3px rgba(0, 0, 0, 0.35); border-radius: 7px; background:white; width:100%; height:80px; overflow:hidden; background: #FCFCFC; background: -moz-linear-gradient(top, #FCFCFC 0%, #F5F5F5 100%); background: -webkit-gradient(linear, left top, left bottom, color-stop(0%,#FCFCFC), color-stop(100%,#F5F5F5)); background: -webkit-linear-gradient(top, #FCFCFC 0%,#F5F5F5 100%); background: -o-linear-gradient(top, #FCFCFC 0%,#F5F5F5 100%); background: linear-gradient(top, #FCFCFC 0%,#F5F5F5 100%); position:relative"u003Enu003Cdiv style="float:left; margin-top:-20px; margin-left:-40px; opacity:0.75;"u003Enu003Cpu003Eu003Cimg alt="sol" src="//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f0/Paperback-stack.png/190px-Paperback-stack.png" decoding="async" title="sol" width="190" height="190" srcset="//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/f/f0/Paperback-stack.png 1.5x" data-file-width="250" data-file-height="250" /u003Enu003C/pu003Enu003C/divu003Enu003Cbr /u003Eu003Ccenteru003Enu003Cdiv style="margin-left:100px; margin-right:00px; margin-top:0px; margin-bottom:0px; font-family:Georgia, Palatino, Palatino Linotype, Times, Times New Roman, serif; font-size:110%; line-height:100%;"u003Enu003Cbu003EVikipediyada siz ham yoza olasiz!u003C/bu003Eu003Cbr /u003Eu003Cbu003Eu003Cspan class="plainlinks"u003Eu003Ca class="external text" href="https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Maxsus:UserLoginu0026amp;returnto=Bosh+Sahifau0026amp;type=signup"u003EAʼzo boʻlingu003C/au003Eu003C/spanu003Eu003C/bu003E u0026#8226; u003Cbu003Eu003Ca href="/wiki/Yordam:Maqola_qanday_yoziladi%3F" title="Yordam:Maqola qanday yoziladi?"u003EQanday yoziladi?u003C/au003Eu003C/bu003Eu003C/divu003Enu003C/centeru003Enu003C/divu003Eu003C/divu003Eu003C/divu003Eu003C/divu003E";());


Ushbu maqola yaxshi maqolalar sarasiga kiradi.



Oʻzbek sovet ensiklopediyasi




Vikipediya, ochiq ensiklopediya






Jump to navigation
Jump to search















„Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“

Ўзбек совет энциклопедияси (ЎзСЭ)

Uzbek Soviet Encyclopedia logo.png

Oʻzbek sovet ensikopediyasining logotipi
Janr:
ensiklopediya
Original til:
oʻzbek
Seriya:
14 jilddan iborat
Nashriyot:
„Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ning Bosh redaksiyasi
Nashr etilgan:
1971-1980
Bosh muharrirlar:
Ibrohim Moʻminov
(1-9-jildlar)
Komiljon Zufarov
(10-14-jildlar)

„Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ (OʻzSE) — Oʻzbekiston SSRda chiqarilgan 14 jildli universal ensiklopediya. OʻzSE oʻzbek tilida yozilgan birinchi keng qamrovli ensiklopediyadir.[1] Ensiklopediya kirill yozuvida yozilgan. OʻzSE „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ning Bosh redaksiyasida chop etilgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin chiqarilgan „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“dagi aksar maqolalar OʻzSEdan olingan.


OʻzSEning barcha 14 jildi 1971-yildan 1980-yilgacha chiqarilgan. 1-9- jildlarga Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi aʼzosi, falsafa fanlari doktori Ibrohim Moʻminov bosh muharrirlik qilgan. 10-14- jildlarga akademik Komiljon Zufarov bosh muharrirlik qilgan.


OʻzSE keng ommaga moʻljallab yozilgan. Ensiklopediya sovet davrida yozilgani uchun undagi maqolalarning aksari kommunistik mafkuraning taʼsiri ostida yozilgan. Bunga qaramasdan ensiklopediyada ijtimoiy va tabiiy fanlar boʻyicha mukammal maʼlumot berilgan.




Mundarija





  • 1 Jildlar


  • 2 Tarixi


  • 3 Tuzilishi


  • 4 Qamrovi


  • 5 Tanqidi


  • 6 OʻzSE va OʻzME


  • 7 Manbalar


  • 8 Havolalar




Jildlar















































JildNashr yiliJilddagi maqolalar qamrovi
11971
A — Аҳқар
21972
B — Вақф
31972
Вақфнома — Деҳли
41973
Деҳнав — Индустрия
51974
Индустриялаш — Конкуренция
61975
Конкурс — Мармар
71976
Мармар окиси — Никелин
81976
Никеллаш — Помир
91977
Помирдарё — Синдикат
101978
Синдлар — Текислик
111978
Текислик — Фазлий
121979
Фазо — Шашка
131979
Шашмақом — Қавс
141980
Қавчин — Ҳуқуҳ


Tarixi


OʻzSEni nashr qilish tashabbusini OʻzSSR Fanlar akademiyasi taklif qilgan. Bu tashabbusni 1965-yil 28-aprelda Oʻzbekiston Kommunistik Partiyasi Markaziy Komiteti va OʻzSSR Ministrlar Soveti maʼqullab qaror chiqargan.


1967-yil 5 jildli OʻzSE soʻzligi loyihasi va 1-jild maketi nashr qilingan. Bular Ulugʻ Oktabr sotsialistik revolutsiasining 50 yilligiga bagʻishlanib nashr qilingan. Shu soʻzlik va maket boʻyicha toʻplangan taqriz va mulohazalarga tayanib lugʻat soʻzligi qayta ishlangan.


1968-yil 18-yanvarda Oʻzbekiston Kommunistik Partiyasi Markaziy Komiteti va OʻzSSR Ministrlar Soveti „„Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ni nashr etish tadbirlari haqida“gi qarorida 14 jildli universal ensiklopediya yozish uchun umumiy yoʻnalishni belgilab berilgan. Shu qaror boʻyicha „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ Bosh redaksiyasi tashkil etilgan. Bosh redaksiya zimmasiga OʻzSEni tayyorlash va keyinchalik boshqa ensiklopediyalar va lugʻatlar tuzish vazifasi yuklangan.[2]


OʻzSEning barcha 14 jildi 1971-yildan 1980-yilgacha chiqarilgan. 1-9- jildlarga Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi aʼzosi, falsafa fanlari doktori Ibrohim Moʻminovich Moʻminov bosh muharrirlik qilgan. 10-14- jildlarga akademik Komiljon Ahmadjonovich Zufarov bosh muharrirlik qilgan.


Ensiklopediyada yozilgan materialga tayanib 1981-yil rus tilida „Oʻzbekiston SSR“ nomli qoʻllanma (spravochnik) chop etilgan. Shu qoʻllanma 1988-yil oʻzbek tilida ham nashr qilingan.



Tuzilishi




„Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ 1-jildining titul beti


OʻzSEning har bir jildi 50,000 nusxada chop etilgan.[3] Har bir jildning oʻrtacha hajmi 105 nashriyot qogʻozini tashkil etadi. Jildlarda oʻrtacha 3,000 dan oshiq maqola bor. Ensiklopediyaning har bir jildi oxirida maqola mualliflari roʻyxati berilgan.


OʻzSEda maqolalar alifbo tartibida berilgan. Maqola nomlari qora katta harflar bilan berilgan. Maqola nomlarida urgʻu bilan aytiladigan unli tovushlarga urgʻu qoʻyilgan. Maqola nomlarining koʻpchiligi birlik sonda berilgan. Odatda koʻplik sonda ishlatiladigan atamalar (masalan, MINERALLAR) koʻplik sonda berilgan.


Ensiklopediyada ayrim soʻzlarning etimologiyasi yozilgan. Chet tilidan kirib kelgan soʻzlarning qaysi tildan kirib kelgani va qanday maʼnoni anglatishi berilgan. Biologik guruhlash nomlarining lotincha nomlanishi maqola nomidan keyin qavs ichida berilgan.


Maqola nomidan keyin tegishli tushunchaning boshqa sinonimlari mavjud boʻlsa ular maqola nomidan keyin kichik harflar bilan ajratib yozilgan. (Masalan, AVTONOMIYA, m u x t o r i y a t.)


OʻzSEda shaxsiyatlar haqidagi maqolalarda kishilarning familiyasi avval yozilgan. Masalan, ABDULLAYEV Habib Muhamedovich. Ammo shaxs taxallusi yoki ismi va familiyasi bilan mashhur boʻlsa, maqola oʻsha taxallus yoki ism bilan atalgan. Masalan, ALISHER NAVOIY. Kishilar haqidagi maqolalarda shaxsiyat ismidan keyin qavs ichida oʻsha shaxsning tugʻilgan va vafot etgan sanasi arab raqamlari bilan yil, kun, oy tartibida berilgan.


Joyni tejash uchun maqolalar ichidagi matnda maqola nomi qisqartirib yozilgan. Masalan, TEMIR YOʻL maqolasi ichida „temir yoʻl“ oʻrniga „temir yoʻl“ deb yozilgan.


OʻzSEda kursiv bilan yozilgan soʻzlar shu mavzuda ensiklopediyada alohida maqola borligini bildiradi. Ensiklopediya boʻylab bir tushunchani anglatuvchi soʻzlardan asosiy atamaga yoʻnaltirishlar berilgan. Muhim maqolalar oxirida adabiyotlar roʻyxati kichik shriftda berilgan.


OʻzSEda maqolalar bilan birga rangli va rangsiz rasmlar, xaritalar va boshqa bezaklar bor.



Qamrovi




„Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ning barcha jildlari


Oʻzbek sovet ensiklopediyasi keng ommaga moʻljallangan boʻlib, unda koʻp mavzuda chuqur maʼlumot berilgan. Ensiklopediyadagi aksar maqolalar „Katta sovet ensiklopediyasi“dan olingan. Oʻzbeklar va Oʻzbekiston SSR haqidagi maqolalar esa butunlay yangidan yozilgan. Har bir jildni yozish uchun oʻrta hisobda 800 muallif qatnashgan. Yozuvchilar orasida SSSR Fanlar akademiyasi va OʻzSSR Fanlar akademiyasi aʼzolari boʻlgan.



Tanqidi


OʻzSE sovet davrida yozilgani uchun undagi maqolalarning aksari kommunistik mafkuraning taʼsiri ostida yozilgan. OʻzSEda shu ensiklopediyaning oʻzi haqidagi maqolada „„Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ (OʻzSE) — oʻzbek xalqining birinchi markscha-lenincha ensiklopediyasi“, - deb yozilgan.[3] Ensiklopediya muqaddimasida boʻlsa:


OʻzSEga kiradigan maqolalar markscha-lenincha metodologiyaga amal qilib tayyorlanadi. Burjua tuzumini yoqlovchilar, antikommunizm targʻibotchilari, oʻng va „soʻl“ revizionistlarning gʻayri ilmiy nazariyalari qomus sahifalarida ilmiy asosda tanqid qilinadi,[2]


- deb yozilgan.


„Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“da Ahmad Yassaviy kabi sufiy faylasuflar ijodi umuman olganda ijobiy yoritilgan.[4]Abdurauf Fitrat va Choʻlpon kabi yozuvchilar boʻlsa millatchilik va panturkizmda ayblanib tanqid qilingan. Glasnost yillarida va mustaqil Oʻzbekistonda bunday tanqidlar betaraf emas deb qarala boshlandi.[5]


OʻzSEda koʻp maqolalar marksist qarashda yozilgan boʻlsa-da, ensiklopediyada ijtimoiy va tabiiy fanlar boʻyicha mukammal maʼlumot berilgan. Qomusda SSRI va Oʻzbekiston SSR haqida juda chuqur maʼlumot berilgan. Sovet Oʻzbekistonidagi hayotning har bir qirrasi yaxshi yoritilgan. Xususdan, Oʻzbekiston SSR ning tarixi, iqtisodi, ilmi, sanʼati va madaniyati toʻliq yoritilgan. OʻzSEda Oʻzbekistondan tashqarida tanilmagan oʻzbek fan va sanʼat namoyondalarining hayoti va ijodi haqida mukkammal maʼlumot berilgan.



OʻzSE va OʻzME


Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin chiqarilgan „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“dagi aksar maqolalar OʻzSEdan olingan. Koʻplab maqolalar OʻzSEdan OʻzMEga hech bir oʻzgartirishsiz olingan. Baʼzi hollarda olingan maqolalarga kichik oʻzgartirishlar kiritilgan. Masalan, qoʻshimchalar, qisqartmalar oʻzgartirilgan, iloji boʻlsa ruscha atamalar oʻzbekchaga oʻgirilgan, baʼzi hollarda OʻzMEda OʻzSEdagiga qaraganda yangiroq maʼlumot berilgan. Masalan, Nigeriyadagi Aba shahri haqidagi va diod haqidagi maqolalarda shu kichik farqlarni kuzatish mumkin. Ammo, OʻzSE va OʻzMEdagi maqolalar umuman olganda bir-biriga juda oʻxshash:








OʻzSEdan
OʻzMEdan

ABA — Nigeriyaning janubidagi shahar. Aba daryosi boʻyida, Port-Xarkort — Enugu temir yoʻl va avtomobil yoʻli kesishgan joyda. Aholisi 131 ming (1963). Yogʻli palma mahsulotlari sotiladigan joy. Sovun va pivo z-dlari, yogʻ, trikotaj korxonalari bor.[6]

ABA — Nigeriya jan.dagi shahar. Aba daryosi bo‘yida, Port-Xarkort — Enugu temir yoʻl va avtomobil yo‘li kesishgan joyda. Aholisi 264 ming (1991). Moyli palma mahsulotlari sotiladigan joy. Sovun va pivo zavodlari, yog‘, to‘qimachilik korxonalari bor.[7]

Diod — [yunon. di — ikki marta va (elektr)od)] — ikki elektrodli elektron lampa. Bir tomonlama oʻtkazuvchanlik xususiyatiga ega. Vakuum va yarimoʻtkazgich D.lar boʻladi. V a k u u m D. anod va katoddan iborat. Tok berib, katod qizdirilsa, elektronlar oqimi anodga qarab yoʻnaladi va anod toki hosil boʻladi. Katod bilan anod orasidagi potensiallar farqi kichik boʻlsa, lampa ichidagi elektronlarning bir qismi katodga aylanadi. Bunday hodisa t oʻ y i n m a g a n r e j i m deb ataladi. Potensiallar farqi katta boʻlganda D. toʻyingan rejimda ishlaydi. Bunda elektronlar harakati deyarli sezilmaydi. Y a r i m oʻ t k a z g i ch D.da ikki xil oʻtkazgich chegarasida hosil boʻlgan potensial toʻsiq tokni faqat bir yoʻnalishda oʻtkazadi. D. tokni toʻgʻrilash, tokni chegaralash va chastotani oʻzgartirish uchun qoʻllaniladi.[8]

Diod — [di... va (elektr)od)] — ikki elektrodli elektron lampa. Bir tomonlama oʻtkazuvchanlik xususiyatiga ega. Vakuum va yarimoʻtkazgich D.lar boʻladi. Vakuum D. anod va katoddan iborat. Tok berilib, katod qizdirilsa, elektronlar oqimi anodga qarab yoʻnaladi va anod toki hosil boʻladi. Katod bilan anod orasidagi potensiallar farqi kichik boʻlsa, lampa ichidagi elektronlarning bir qismi katodga aylanadi. Bunday hodisa toʻyinmagan rejim deb ataladi. Potensiallar farqi katta boʻlganda D. toʻyingan rejimda ishlaydi. Bunda elektronlar harakati deyarli sezilmaydi. Yarimoʻtkazgich D.da ikki xil oʻtkazgich chegarasida hosil boʻlgan potensial toʻsiq tokni faqat bir yoʻnalishda oʻtkazadi. D. tokni toʻgʻrilash, tokni chegaralash va chastotani oʻzgartirish uchun elektr apparatlar va radioapparatlarda qoʻllaniladi.[9]


Manbalar




  1. (rus.)OʻzSE. Katta ensiklopedik lugʻat (2000). 31 May 2012.


  2. 2,02,1 Moʻminov, Ibrohim, ed (1971). "Muqaddima". „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“. 1. Toshkent. 5 b. 


  3. 3,03,1 Zufarov, Komiljon, ed (1979). "„Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“". „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“. 13. Toshkent. 490 b. 


  4. (ingl.)Ramet, Sabrina (1989). Religion and Nationalism in Soviet and East European Politics. Duke University Press, 215. 


  5. (ingl.)Kara, Harim (January 2002). "Reclaiming National Literary Heritage: the Rehabilitation of Abdurauf Fitrat and Abdulhamid Sulaymon Cholpan in Uzbekistan". Europe-Asia Studies 54 (1): 123-142. 


  6. Moʻminov, Ibrohim, ed (1971). "Aba". „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“. 1. Toshkent. 9 b. 


  7. "Aba". „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“. Toshkent. 2000-2005. 


  8. Moʻminov, Ibrohim, ed (1973). "Diod". „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“. 4. Toshkent. 51 b. 


  9. "Diod". „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“. Toshkent. 2000-2005. 



Havolalar



  • Oʻzbek sovet ensiklopediyasi Katta sovet ensiklopediyasida (rus.)














"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Oʻzbek_sovet_ensiklopediyasi&oldid=2036777" dan olindi










Navigatsiya


























(window.RLQ=window.RLQ||[]).push(function()mw.config.set("wgPageParseReport":"limitreport":"cputime":"0.264","walltime":"0.338","ppvisitednodes":"value":7211,"limit":1000000,"ppgeneratednodes":"value":0,"limit":1500000,"postexpandincludesize":"value":33451,"limit":2097152,"templateargumentsize":"value":7188,"limit":2097152,"expansiondepth":"value":16,"limit":40,"expensivefunctioncount":"value":0,"limit":500,"unstrip-depth":"value":0,"limit":20,"unstrip-size":"value":8590,"limit":5000000,"entityaccesscount":"value":0,"limit":400,"timingprofile":["100.00% 260.451 1 -total"," 34.88% 90.852 1 Andoza:Manbalar"," 26.52% 69.069 1 Andoza:Kitob"," 24.38% 63.492 1 Andoza:Bilgiquti"," 20.21% 52.634 1 Andoza:Bu_yaxshi_maqola"," 19.39% 50.491 1 Andoza:Top_icon"," 17.39% 45.285 6 Andoza:Cite_encyclopedia"," 16.64% 43.350 1 Andoza:Category_handler"," 15.77% 41.063 7 Andoza:Citation/core"," 11.95% 31.121 1 Andoza:OʻzME"],"scribunto":"limitreport-timeusage":"value":"0.021","limit":"10.000","limitreport-memusage":"value":810126,"limit":52428800,"cachereport":"origin":"mw1265","timestamp":"20190416212850","ttl":2592000,"transientcontent":false););"@context":"https://schema.org","@type":"Article","name":"Ou02bbzbek sovet ensiklopediyasi","url":"https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbek_sovet_ensiklopediyasi","sameAs":"http://www.wikidata.org/entity/Q2607783","mainEntity":"http://www.wikidata.org/entity/Q2607783","author":"@type":"Organization","name":"Contributors to Wikimedia projects","publisher":"@type":"Organization","name":"Wikimedia Foundation, Inc.","logo":"@type":"ImageObject","url":"https://www.wikimedia.org/static/images/wmf-hor-googpub.png","datePublished":"2012-05-31T13:23:58Z","dateModified":"2019-02-20T14:49:54Z","image":"https://upload.wikimedia.org/wikipedia/uz/8/87/Uzbek_Soviet_Encyclopedia_logo.png"(window.RLQ=window.RLQ||[]).push(function()mw.config.set("wgBackendResponseTime":149,"wgHostname":"mw1262"););

Popular posts from this blog

Canceling a color specificationRandomly assigning color to Graphics3D objects?Default color for Filling in Mathematica 9Coloring specific elements of sets with a prime modified order in an array plotHow to pick a color differing significantly from the colors already in a given color list?Detection of the text colorColor numbers based on their valueCan color schemes for use with ColorData include opacity specification?My dynamic color schemes

Invision Community Contents History See also References External links Navigation menuProprietaryinvisioncommunity.comIPS Community ForumsIPS Community Forumsthis blog entry"License Changes, IP.Board 3.4, and the Future""Interview -- Matt Mecham of Ibforums""CEO Invision Power Board, Matt Mecham Is a Liar, Thief!"IPB License Explanation 1.3, 1.3.1, 2.0, and 2.1ArchivedSecurity Fixes, Updates And Enhancements For IPB 1.3.1Archived"New Demo Accounts - Invision Power Services"the original"New Default Skin"the original"Invision Power Board 3.0.0 and Applications Released"the original"Archived copy"the original"Perpetual licenses being done away with""Release Notes - Invision Power Services""Introducing: IPS Community Suite 4!"Invision Community Release Notes

François Viète Contents Biography Work and thought Bibliography See also Notes Further reading External links Navigation menup. 21Google Bookspp. 75–77Google BooksDe thou (from University of Saint Andrews)ArchivedGoogle BooksGoogle BooksGoogle BooksGoogle booksGoogle Bookscc-parthenay.frL'histoire universelle (fr)Universal History (en)ArchivedAdsabs.harvard.eduPagesperso-orange.frArchive.orgChikara Sasaki. Descartes' mathematical thought p.259Google BooksGoogle BooksGoogle Bookspp. 152 and onwardGoogle BooksGoogle BooksScribd.comGoogle Books1257-7979Google BooksGoogle BooksGoogle BooksGoogle BooksGoogle BooksGoogle BooksGallica.bnf.frGoogle BooksGoogle Books"François Viète"Francois Viète: Father of Modern Algebraic NotationThe Lawyer and the GamblerAbout TarporleySite de Jean-Paul GuichardL'algèbre nouvelle"About the Harmonicon"cb120511976(data)1188044800000 0001 0913 5903n82164680ola2013766880073431702w6vt1sb70287374827140948071409480